“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida xayriya tadbiri

0

Joriy yilning 2 dekabr kuni Muborak tuman “Bek” toyxonasida tuman xokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Muborak tuman Kengashi hamda “Bek” to‘yxonasi tashabbusi bilan “3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda 200 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etishdi. 2 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlarga nogironlik aravachasi va tuman hokimi tomonidan badiiy kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi. Yig‘ilgan mehmonlarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Muborak tuman Kengashining faol a’zolari va yoshlar yetakchilari tomonidan badiiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Tadbirda yig’ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Javobni qoldiring

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.